Madridning "Real" klubi sardori Dani Karvaxal xoch bog‘lamidan olgan jarohatini davolamoqda. Futbolchidan jurnalistlar yozda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadimi yoki yo‘qmi, deb so‘rashdi.
"KO‘JCH-2025'gacha safga qaytamanmi? Ko‘ramiz. Harakat qilaman", - dedi o‘ng qanot himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" H guruhida "Al-Hilol", "Pachuka" va "Zalsburg" bilan o‘ynaydi.













