Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Prezident O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionati IV divizionida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi

Prezident O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionati IV divizionida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi

Baho:
+ | -

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xokkey terma jamoasi Jahon chempionati IV divizionida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev sportchilarimizning yutuqlarini alohida qiziqish va e’tibor bilan kuzatib boryaptilar”, deb yozdi u.

Sherzod Asadov aprel oyida O‘zbekistonning sport sohasidagi muvaffaqiyatlari futbol bilangina cheklanib qolmaganini qayd etib o‘tdi. Jumladan, xokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham xalqaro maydonda ajoyib natija ko‘rsatdi. Armanistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida xokkeychilar o‘z divizionida g‘olib bo‘lib, kelgusi mavsumda uchinchi divizionda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bundan oldin, mart oyida Tailandda bo‘lib o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan xokkeychilar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham terma jamoa g‘alaba qozongan edi.

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz 12 ta — 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Bu yutuqlar, eng avvalo, yigit-qizlarimizning tinimsiz mehnati, yuksak mahorati, mustahkam irodasi va matonati tufaylidir. Bunda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va tizimli davlat siyosatining ham alohida o‘rni borligini ta’kidlash joiz. Mamlakatimizda sport infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilandi, yangi maktablar ochilmoqda, sportchilarning professional rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda”, deya qayd etdi Sherzod Asadov.

Davlat rahbari xokkeychi va yengil atletikachilar yuksak zafarlari bilan tabriklab, ota-onalari, ustoz va murabbiylariga minnatdorlik bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev bundan avval futbol bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lgan U-17 O‘zbekiston milliy jamoasiga tabrik yo‘llagandi. Prezident finalda to‘qqiz futbolchi shiddatli kurash olib borgani chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘lganini qayd etgandi. Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilar “Kelajak bunyodkori” medali bilan, ularning murabbiysi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:18, 22.04.2025.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик