Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"Leypsig" o‘z himoyachisini 35-40 million yevroga baholamoqda

"Leypsig" o‘z himoyachisini 35-40 million yevroga baholamoqda

Baho:
+ | -

"Leypsig"ning chap qanot himoyachisi David Raum jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli germaniyalik futbolchi faoliyatidagi keyingi qadamni rejalashtirmoqda. U nemis klubida baxtli, ammo qachondir Angliyada o‘ynash niyati bor.

Ma’lum bo‘lishicha, yozda APLdan top-taklif kelib tushsa, transfer amalga oshishi mumkin. Uning holatini bir nechta klublar kuzatib bormoqda, biroq aniq jamoalar ma’lum qilinmagan.

U 35-40 million yevroga baholanmoqda.

Davidning "Leypsig" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. U "Xoffenxaym"dan 26 million yevro evaziga 2022 yil yozida "buqalar" safiga ko‘chib o‘tgan edi.

U joriy mavsum klub safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:52, 22.04.2025.
O'qildi: 738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик