Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Tottenxem" qanot himoyachisiga 3 ta grand klub qiziqish bildirmoqda

"Tottenxem" qanot himoyachisiga 3 ta grand klub qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Tottenxem"ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro turli Yevropa chempionatlaridagi uchta grand jamoa qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Ispaniyalik futbolchiga "Manchester Siti" da’vogarlik qilmoqda, bu haqda avvalroq xabar berilgandi. 25 yoshli futbolchi uchun "shaharliklar" bilan kurashishni "Bavariya" va "Yuventus" rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda ingliz OAV. Ma’lumki, "shporlar" futbolchi uchun taxminan 60 mln yevro so‘ramoqda.

Pedro Porroning transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 45 mln yevroga baholanmoqda. Futbolchi londonliklar bilan 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomaga ega. U joriy mavsumda Ange Postekoglu jamoasi safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:46, 24.04.2025.
O'qildi: 609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик