Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

“Samolyot olganda ham oyoqlaring yerdan uzilishi kerakmas” – Ravshan Ermatov Osiyo chempioni bo‘lgan terma jamoa futbolchilari bilan uchrashdi

“Samolyot olganda ham oyoqlaring yerdan uzilishi kerakmas” – Ravshan Ermatov Osiyo chempioni bo‘lgan terma jamoa futbolchilari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -2

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov 17 yoshlilar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi murabbiy va futbolchilari hamda ota-onalar bilan uchrashdi.

Ravshan Ermatov futbolchilarga avvalgi davrda natija ko‘rsatgan futbolchilarni eslatib, hozir yulduzlik kasaliga duchor bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Bir iltimosim bor sizlardan. Tarix bor, avval o‘ynagan futbolchilar bor, avvallari mana shunday musobaqalarda ishtirok etilganining tajribasi ham bor. Jahon chempionatiga chiqib, unda muvaffaqiyatli qatnashib, mashinalar berilgan o‘sha vaqtda ham. O‘sha vaqtda mashinalarni haydab, har xil o‘rtoqlar paydo bo‘lib, mashg‘ulotlar qolib ketgan. Mashhurlikka o‘rtoq bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday o‘rtoqlarni yoninglarda yurgan bo‘lsa haydanglar. Bizning vaqtimiz yo‘q qayerlagadir ziyofatlarga borishga. Sportchi bunday bo‘lmaydi. Bir narsaga erishish uchun boshqa narsani qurbon qilish kerak. Vaqt tez o‘tadi, uning qadrini bilishimiz kerak. Vaqtning bir daqiqasini ham bekor o‘tkazmasligimiz kerak”, – deydi Ravshan Ermatov.

O‘FA birinchi vise-prezidenti faqat tayyorgarlik qilish orqali keyingi natijalarni yaxshi qilish mumkinligini ta’kidladi.

“Katta-katta futbolchilar bo‘lib, samolyotinglar bo‘lsin, lekin samolyot olganda ham oyoqlaring yerdan uzilishi kerakmas. Hech qachon manmanlikka berilish kerakmas. Har doim oddiy bo‘lish kerak. Shundagina Xudo ham yo‘linglarni ochadi. Og‘ir-bosiqlik bilan, murabbiyinglar bergan taktika bilan, bergan ko‘rsatmalar bilan ish qilsak, hech qachon adashmaymiz. Ruhan kuchli ekanliklaringni maydonda ko‘rsatdinglar, shu ruh bilan keyingi musobaqaga ham tayyorgarlik ko‘rsanglar hech kim halaqit qilolmaydi”, – deya qo‘shimcha qilgan Ermatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi finalda Saudiya Arabistoni jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Ta’kidlash kerakki, Islombek Ismoilov jamoasining ikki nafar a’zosi birinchi taymning oxirida qizil kartochka olib, maydondan chetlashtirilgan edi. Ammo yakunda jamoa iroda ko‘rsatib, ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddaladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:11, 24.04.2025.
O'qildi: 2665 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.