Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Salohning qizi futbolchining «Liverpul»da qolishida muhim o‘rin tutdi

Salohning qizi futbolchining «Liverpul»da qolishida muhim o‘rin tutdi

Baho:
+ | -1

"Liverpul"ning yulduz hujumchisi Muhammad Saloh klub bilan 2027 yilgacha yangi shartnoma imzoladi. Futbolchining aytishicha, bu qarorni qabul qilishda uning qizchasi Makka muhim rol o‘ynagan — u oilasi uchun ikkinchi uyga aylangan shaharni tark etmoqchi emasdi.

Saloh klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida oilasi, ayniqsa, qizining uning qolish qaroriga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida jonli hikoya qilib berdi:

"Magi ham, bolalar ham juda xursand bo‘lishdi. Hammamiz bu yerda qolganimizdan bag‘oyat mamnunmiz. Liverpul biz uchun uyga aylandi, shuning uchun bu shaharda yashashimizdan xursandmiz", — dedi Saloh.

Shartnoma uzaytirilishiga eng kuchli hissiyot bilan uning katta qizchisi Makka munosabat bildirgan. Aynan u otasining "Liverpul"da qolishini istagan asosiy sabablardan biri bo‘lgan:

"Menimcha, oilamizda eng xursand bo‘lgan — Makka. U bu yerda qolishni juda xohladi, chunki uning do‘stlari, maktabi — butun hayoti shu yerda. Men shartnoma imzolagandan keyin oilamizda alohida iliq va xursandchilik muhit hukm surdi", — deb o‘rtoqlashdi Saloh.

Salohning qolishi haqidagi xabar "Liverpul" muxlislari va yangi bosh murabbiy Arne Slot uchun kutilmagan va yoqimli yangilik bo‘ldi. Slot Saloh kabi o‘yinchi jamoada qolganidan mamnunligini yashirmadi:

"Saloh — o‘yin taqdirini o‘zgartirishga qodir futbolchi. Uning jamoada bo‘lishi — katta afzallik", — dedi Arne Slot.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 09:43, 25.04.2025.
O'qildi: 2055 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик