O‘zbekiston futbol assosiasiyasi maydonida “Hakamlar akademiyasi”ga kirish imtihonlari boshlandi.
Mazkur sinovlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan yosh va iqtidorli hakamlikka qiziquvchilar ishtirok etmoqda.
Sinov jarayoniga start berilishidan oldin Hakamlar qo‘mitasi raisi Bobur Haydarov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi hamda sinov jarayonlari mutlaqo shaffof va adolatli tarzda o‘tishini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida tajribali instruktor Aleksandr Popov sinov jarayonlari tartibi, baholash mezonlari va hakamlik qoidalari haqida batafsil ma’lumot berdi.













