"Barselona"ning o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kunde bu mavsumda ajoyib o‘ynamoqda.
Fransiyalik futbolchi Ispaniya kubogi finalida "Real"ga qarshi o‘yinda gol urdi va jamoasiga kubokni olib keldi - 3:2.
26 yoshli futbolchi joriy mavsumda 12 ta golda qatnashdi - 4 ta gol va 8 ta golli uzatma.
Darvoqe, avvalgi ikki mavsumni qo‘shib hisoblaganda futbolchi atigi uch marta golda qatnashgandi.













