Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

"Bayer" Xabi Alonso o‘rniga Xavini taklif qilmoqchi

"Bayer" Xabi Alonso o‘rniga Xavini taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

"Bayer" Xabi Alonso o‘rniga Xavi va Erik ten Xag nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, Alonso Karlo Anchelotti ketganidan keyin "Real"ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Bayer" to‘p nazorati ustunlik qiladigan hujumkor uslubni saqlab qoladigan o‘rinbosar topmoqchi, deb yozadi Kicker.

Nemis klubidagilar bu vazifaga "Barselona"ning sobiq ustozi Xavi juda mos keladi, deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, ispaniyalik ingliz tilini yaxshi biladi.

Bundan tashqari, Erik ten Xag ham klub short-listidan joy olgan. "Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi ham o‘zi boshqargan "Ayaks" namoyish etgan to‘pga egalik qilishga asoslangan futbol tufayli klub talablariga javob beradi.

Murabbiylik faoliyatini Germaniyada "Bavariya"ning 2-jamoasida boshlagan niderlandiyalik nemis tilini yaxshi biladi. Bu uning nomzodi foydasiga katta plyus hisoblanadi. 55 yoshli mutaxassis "Bayer" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 13:49, 30.04.2025.
O'qildi: 874 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик