Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Siti" vingeri: "Yildan-yilga APLda o‘ynash qiyinlashib bormoqda"

"Siti" vingeri: "Yildan-yilga APLda o‘ynash qiyinlashib bormoqda"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" futbolchisi Jeremi Doku Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash haqida gapirdi.

"Shaharliklar" Premyer-liga turnir jadvalida 34-turdan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi, ammo hali hech narsani kafolatlanmagan: "Chelsi," "Nottingem Forest" va "Aston Villa" kabi ta’qibchilar hamon juda yaqin joylashgan.

"Bu mavsumda Chempionlar ligasiga katta kuch sarflamasdan chiqib bo‘lmasligini tushundik. Bu qanchalik qiyinligini ko‘rib turibmiz. Yildan-yilga APLda o‘ynash qiyinlashib bormoqda. "Nottingem Forest" kabi jamoalar borki, birdaniga ko‘tarilib, Chempionlar ligasiga chiqishi mumkin. Xayriyatki, bu safar u yerga beshta jamoa yo‘llanma olishi mumkin. Maqsadimizga erishishimiz uchun qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak," - deya Dokuning so‘zlarini keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati.

Kiritildi: 08:40, 02.05.2025.
O'qildi: 551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик