Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

U23 Osiyo kubogi-2026 musobaqasi haqida

U23 Osiyo kubogi-2026 musobaqasi haqida

Baho:
+ | -

OFK joriy yilda U-17 va U-20 Osiyo kubogi musobaqalarini o‘tkazdi. Kelasi yili esa bizni U23 Osiyo kubogi turniri kutib turibdi. 16 jamoa ishtirok etadigan mazkur qit’a chempionatiga saralash bahslari esa 2025 yilning sentyabr oyida o‘tkaziladi. Saralash bosqichi formati haqida tanishtirib o‘tamiz.

1. Saralash bosqichida ishtirok etish uchun 44 ta assosiasiya ariza bergan. Ular 11 ta guruhga ajratiladi (har bir guruhdan 4 tadan jamoa). Saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 29 may kuni o‘tkaziladi.

2. OFK qur’adan avval jamoalarni savatlarga ajratish tamoyiliga o‘zgartirish kiritdi. Endi jamoalarning avvalgi bitta musobaqada qayd etgan natijalari emas, balki so‘nggi 3 ta turnirda natijalari inobatga olinadigan bo‘ldi. Oxirgi 3 ta U23 Osiyo kubogi hisob-kitob qilinganda esa, O‘ZBEKISTON eng yuqori ball to‘pladi (1 ta yarim final va 2 ta final). Shu boisi, jamoamiz qur’ada 1-savatdan o‘rin oladi.

1-SAVAT
O‘zbekiston
Yaponiya
Iroq
Janubiy Koreya
Vyetnam*
Avstraliya
Qatar*
Tailand*
Iordaniya*
Tojikiston*
BAA*

2-SAVAT
Indoneziya*
Kuvayt
Eron
Turkmaniston
Malayziya
Xitoy*
Bahrayn
Falastin
Suriya
Yaman
Kamboja*

3-SAVAT
Myanma*
Ummon
Singapur
Qirg‘iziston*
Hindiston
Livan
Laos
Timor-Leste
Tayvan
Filippin
Gonkong

4-SAVAT
Afg‘oniston
Bangladesh
Mug‘uliston
Guam
Pokiston
Makao
Nepal
Bruney
Shri-Lanka
Butan
Shimoliy Mariana orollari

Yulduzcha (*) belgisi qo‘yilgan davlatlari saralash guruhlariga mezbonlik qiladi. Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekiston saralash bosqichini o‘zida qabul qilish uchun ariza bermagan.

3. Saralash bosqichida guruh g‘olibi bo‘lgan jamoalar hamda 2-o‘rinni band etganlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 4 ta terma final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Ular safiga mezbon Saudiya Arabistoni qo‘shiladi.

4. Saralash bosqichi o‘yinlari 2025 yil 1-9 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Final bosqichi esa 2026 yil 7-25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Darvoqe, U23 Osiyo kubogi-2026 turniri boshqa xalqaro musobaqalarga yo‘llanma bermaydi. OFK qaroriga ko‘ra, U23 Osiyo kubogi musobaqasi 2028 yildan keyin har 4 yilda bir marta o‘tkazishga qaror qildi. Endi turnir faqat olimpiada o‘tkaziladigan yillarda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni keyingi musobaqalar 2026 va 2028 yillarda o‘tkazilsa, undan keyingisi 2032 yilda tashkil etiladi.

Manba: @futbol_qoidalar
Kiritildi: 10:27, 02.05.2025.
O'qildi: 10984 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.