Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiya chempionati. "PSJ" safarda "Strasburg"ga yutqazdi

Fransiya chempionati. "PSJ" safarda "Strasburg"ga yutqazdi

Baho:
+ | -

"PSJ" Fransiya chempionatining 32-turida "Strasburg" mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Parijliklar safida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov asosiy tarkibda maydonga tushib, 2 ta gol o‘tkazib yubordi. Uchrashuvning 20-daqiqasida "PSJ" himoyachisi Lyuka Ernandes o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 45-daqiqada "Strasburg" yarim himoyachisi Feliks Lemareshal o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Mehmonlarning yagona javob goli 46-daqiqada Bredli Barkolya tomonidan kiritildi.

"PSJ" 78 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda, jamoa 4 tur oldin chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

"Strasburg" ushbu g‘alaba evaziga ochkolarini 57 taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Kiritildi: 22:07, 03.05.2025.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик