Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Aleksandr Xomyakov: "Oxirgi daqiqalar biz uchun omadsiz bo‘ldi"

Aleksandr Xomyakov: "Oxirgi daqiqalar biz uchun omadsiz bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan OKMK – "Andijon" (4:3) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab andijonliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- Afsuski, o‘yinni boy berdik. Birinchi bo‘limda harqalay yomon to‘p surmadik. Ammo bugungi natija baribir xafsalani pir qilmasdan qolmadi. Ikkinchi taymda ko‘p narsa o‘zgarib ketdi. O‘yinni bir qancha jabhalarida sira omadimiz chopmadi. Hisobdagi farqni saqlab qola olmadik. Aksincha, darvozamizdan to‘plar o‘tkazib yubordik. Oxirgi daqiqalar biz uchun omadsiz bo‘ldi. Hujumlarimizni ham tuzukroq rivojlantirishni uddasidan chiqmadik. Xullas, o‘zingiz ham ko‘rdingiz, bugun umuman o‘yinimiz qovushmadi. Faqat xafsala pir bo‘lgani qoldi, xolos. Bundan boshqa nimanidir qo‘shimcha qila olmasam ham kerak.

- Raqibni o‘yinini qanday baholaysiz?

- Bu raqib odatda o‘yinning oxirgi daqiqalarida gollar kiritadi. Unga qarshi bugun hech narsani uddalay olmadik. So‘nggi daqiqalarda yaxshi harakat qilyapti va bugun ham shunday bo‘ldi. Hatto, bir o‘yinchi ko‘p bo‘lib to‘p surgan holda ham tuzukroq natijaga erishmaganimiz juda erish tuyulyapti. Omad chopmasa qiyin ekan. Son jihatdan ustunlik ham bunday mahalda yordam bermaydi. Bir o‘yinchi ko‘p bo‘lganimizda o‘yinni qo‘lga olishimiz kerak edi. Qanotlardan raqibni siqishga harakat qildik. Ammo buni ham uddasidan chiqmadik. Himoyadan hujumga o‘tish chog‘ida ham sustkashlikka yo‘l qo‘ydik. Raqib imkoniyatlaridan yaxshi foydalandi. Iroda va xohish evaziga g‘alaba qozondi. Bir so‘z bilan aytganda, raqib bizni har tomonlama mag‘lub etdi. OKMKni g‘alaba bilan tabriklayman.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 02:59, 04.05.2025.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик