Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mirjalol Qosimov: "Agar yutqazganimizda ham futbolchilarga ortiqcha e’tiroz bildirmasdim"

Mirjalol Qosimov: "Agar yutqazganimizda ham futbolchilarga ortiqcha e’tiroz bildirmasdim"

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan OKMK – "Andijon" (4:3) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- Avvalambor, o‘zimizni va "Andijon"ni muxlislariga minnatdorlik bildirmoqchiman. Ajoyib muhit bo‘ldi. Asabiy o‘yin kechdi. O‘zimni jamoamga keladigan bo‘lsam, shogirdlarimga ham minnatdorlik bildiraman. Yutqazgan taqdirda ham yigitlarni urishmasdim. Futbolda bo‘lib turadigan narsa. Nimagaki, birinchi bo‘limda yomon o‘yin ko‘rsatganimiz yo‘q. O‘yinni yaxshi boshladik, to‘p nazorati ham bizda edi. Qolaversa, Xurshid gol urdi. Lekin futbolda kutilmagan vaziyatlar tez-tez uchrab turadi. Yigitlarga yana bir bor rahmat aytaman. Dilshod Yoqubovni qo‘llab-quvvatlab, ikki barobar kuch bilan harakat qilishdi. O‘tkazilgan birinchi golda hayajon bo‘ldimi, hech ham oldinga chiqish kerak emasdi. O‘zbeklarda gap boru, ikkita odam talashayotganida uchinchisi suqulmaydi. Xuddi shunaqa vaziyat edi. Ikkinchi golni o‘zinglar ham ko‘rdinglar. Uchinchi gol ham yaqin masofadan urildi. Bizga o‘rgatishganki, yaqin masofa – bu darvozabonning xatosi. Lekin shunga qaramasdan kuch topa oldik. Ali bilan ro‘y bergan holat ham tajriba. Shunda ham yigitlar borini berib o‘ynashdi. Haqli ravishda g‘alabaga erishdik. "Andijon" jamoasiga keyingi uchrashuvda omad tilaymiz.

- Asosiy voqealar ikkinchi bo‘limda yuz berdi. OKMKdan bir futbolchi chetlatildi. Shundan so‘ng 1:3 ni 4:3 ga aylanishini qanchalik o‘ylagandingiz? Yoki siz uchun kutilmagan natija bo‘ldimi?

- Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Shuning uchun futbolni butun dunyo yaxshi ko‘radigan birinchi raqamli ommaviy sport turi. Unda ko‘p narsalar bo‘lib turadi. Menga shijoat, oxirigacha kurashish yoqdi. Agar yutqazganimizda ham futbolchilarga ortiqcha e’tiroz bildirmasdim. Lekin ko‘nglimni bir chekkasida albatta yutish emas, gol urishni o‘ylayotgandik. Tezroq gol ursak durangga ham imkon bo‘lardi. Xudoga shukr, mehnatga, harakatga yarasha Alloh mukofotladi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 03:00, 04.05.2025.
O'qildi: 982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.