Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem"ning muhim futbolchisi uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin

"Tottenxem"ning muhim futbolchisi uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

"Tottenxem" yarim himoyachisi Jeyms Meddison tizzasidan olgan jiddiy jarohati tufayli safdan chiqdi.

Angliyalik futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan "Vest Xem"ga (1:1) qarshi o‘yin oldidan lazaretga tushib qoldi. Jurnalist Aleks Krukning ma’lum qilishicha, 28 yoshli xavbek uchun mavsum yakunlandi - u yaqin orada maydonga qayta olmaydi. Tekshiruv natijalari bir kun ichida chiqadi.

"Shporlar" bosh murabbiyi Ange Postekoglu Jeyms Meddisonning jarohati jiddiy ko‘rinayotganini tan olgandi. Joriy mavsumda futbolchi londonliklar safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:49, 05.05.2025.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик