Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Indzagi "Barselona" futbolchilari haqida fikr bildirdi

Indzagi "Barselona" futbolchilari haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Simone Indzagi Robert Levandovski, Lamin Yamal va Jyul Kundening o‘yinini yuqori baholadi.

"Inter" bosh murabbiyi 6 may kuni Milanda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi yarim finalining javob o‘yini oldidan "Barselona" futbolchilari haqida gapirdi. Birinchi uchrashuv 3:3 hisobida yakunlangandi.

Robert Levandovski haqida:

"Biz uni yaxshi bilamiz. U dunyoning eng kuchli uch-to‘rtta hujumchisidan biri. Ferran Torres birinchi o‘yinda maydonga tushdi va u ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

Umuman olganda, jamoa polshalik hujumchisiz chiqqanida ham raqiblarini mag‘lub etishdi. Ha, u eng yaxshi hujumchi, lekin biz umuman top jamoa haqida gapiryapmiz".

Jyul Kunde haqida:

"Yana bir ajoyib o‘yinchi. Men uning bitta ham o‘yinni o‘tkazib yubormasdan, ketma-ket 100 dan ortiq o‘yinni o‘tkazganini o‘qidim.

Yakshanba kuni uni almashtirganini ko‘rdim va almashtirish ajoyib o‘ynadi. Erik Garsiya esa biz bilan birga bo‘lganida ham yuqori saviyani ko‘rsatdi".

Lamin Yamal haqida:

"Uni to‘xtatishning deyarli imkoni yo‘q. Biz to‘p unga umuman yetib bormasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak, ammo zamonaviy futbolda bu juda qiyin. Biz ikki karra nazoratni qo‘llaymiz va maksimal e’tiborni unga qaratamiz.

Bu juda katta iste’dod. Jamoa eng qiyin damlarda unga to‘p ishonadi. Haqiqatan ham hayratlanarlisi shundaki, uning fikrlash tezligi: u to‘pni qabul qilishi bilanoq nima qilishini allaqachon biladi.

Ertaga Yamalni qanday to‘xtatish kerakligini ko‘ramiz. DiMarko va Karlos Augusto tez-tez birga chiqishdi, shuning uchun hamma narsa ro‘y berishi mumkin. Albatta, Laminga e’tibor qaratish to‘g‘ri, u ajoyib o‘yinchi, ammo biz "Barselona" ixtiyoridagi butun iqtidor arsenalini unutmaymiz" - dedi Indzagi.

Kiritildi: 21:02, 05.05.2025.
O'qildi: 1624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.