Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" o‘zining yetakchi himoyachisiga narx belgiladi

"PSJ" o‘zining yetakchi himoyachisiga narx belgiladi

Baho:
+ | -

Himoyachi Markinyos yozgi transfer oynasida "PSJ"ni tark etishi mumkin. Jurnalist Sasha Tavolyerining so‘zlariga ko‘ra, parijliklar rahbariyati Markinyosni 40 million yevroga sotishga tayyor.

14 may kuni Markinyos 31 yoshga to‘ladi. Braziliyalik himoyachining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Umuman olganda, Markinyos "PSJ" safida 481 ta o‘yin o‘tkazib, bu o‘yinlarda 40 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

7 may, chorshanba kuni "PSJ" Chempionlar ligasi yarim finali doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi. Birinchi o‘yinda parijliklar Londonda 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Kiritildi: 23:14, 05.05.2025.
O'qildi: 1266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик