Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Aleksandr Xomyakov: «Andijon»dek klubni boshqarish men uchun haqiqiy sharaf bo‘ldi»

Aleksandr Xomyakov: «Andijon»dek klubni boshqarish men uchun haqiqiy sharaf bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Kuni kecha «Andijon» jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan mutaxassis Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga quyidagilarni ma’lum qildi:

“Andijonga chin ko‘ngilimdan omad va muvaffaqiyat tilab qolaman! Umid qilamanki, Andijonda bundan keyin ham futbol rivojlanishda, klubni esa nafaqat mamlakatda, balki xalqaro arenalarda ham taniy boshlashlari davom etadi.

Hurmatli muxlislar, jamoadagi ishim davomida meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat aytmoqchiman!!! Ayniqsa, O‘zbekiston Kubogi finalida birga boshdan o‘tkazgan his-hayajonlarni umrbod esimdan chiqara olmayman.  O‘sha muvaffaqiyat sizlarning ko‘magingiz orqali amalga oshdi, deya hech ikkilanmay aytmoqchiman. Barchangizga rahmat!  Sizlar dunyodagi eng zo‘r fanatsizlar!

Shak-shubhasiz, butun murabbiylar shtabi, tibbiy xodimlar, ma’murlar, matbuot xizmati vakillari, U-21 hamda U-19 murabbiylari, akademiya murabbiylari, maydonni parvarishlab kelayotgan xodimlar, oshpazlar, barcha ishchilarga va umuman o‘tgan vaqt mobaynida meni qo‘llab-quvvatlab kelgan hamma insonlarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Maydondagi natijalarga hamma birdek daxldor bo‘ldi, deb baralla ayta olaman. Futbolchilarga rahmat.

Ularning har birini qadrlayman va fursatdan foydalangan holda ish jarayonida kimlargadir qattiq tekkan, dilini og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. Barcha harakatlar maydonda yaxshi natijalarga erishish uchun qaratilgandi. Keyingi o‘yinlarda klubga omad tilab qolaman.

Darhaqiqat, Andijon viloyati rahbariyati, «Uzavtosanoat» AJ direktorlar kengashiga menga bildirilgan ishonchi uchun alohida minnatdorchilik bildirib qolaman. «Andijon»dek klubni boshqarish men uchun haqiqiy sharaf bo‘ldi. Omon bo‘linglar!”, — dedi Xomyakov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

"Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Aleksandr Andretvich, jamoaga 2022 yilning 15 dekabr kuni rasman bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kunga qadar chempionat va O‘zbekiston Kubogi bahslarida hammasi bo‘lib 72 ta o‘yinda jamoani boshqardi. Shundan 26 g‘alaba, 21 durang va 25 mag‘lubiyat qayd etildi. Uning boshchiligida to‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich bo‘yicha 95 ta gol urilgan va 85 ta to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Xomyakov bosh murabbiyligida «Andijon» klubi o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. 2023 yilda Superligada yilning ramziy jamoasida eng yaxshi murabbiy deya e’tirof etildi.

Aleksandr Andreevichga jamoamizda olib borgan salkam 2,5 yillik faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning keyingi ishlariga omad tilab qolamiz. Hammasi uchun rahmat, Aleksandr Andreevich!", — deyiladi "Andijon" klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 17:15, 06.05.2025.
O'qildi: 1660 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.