Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zPFL Buxoro futbol akademiyasi maydoni yuzasidan o‘z xavotirini bildirdi

O‘zPFL Buxoro futbol akademiyasi maydoni yuzasidan o‘z xavotirini bildirdi

Baho:
+ | -

2025 yilgi mavsumda «Buxoro» futbol klubi Superliga doirasidagi uy uchrashuvlarini Toshkent shahrida yoki raqib jamoa maydonida o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.

Avvalroq «Buxoro»ning uy uchrashuvlari uchun Buxoro futbol akademiyasi maydonini tayyor holatga keltirish rejalashtirilgandi. Biroq maydonning yoritish tizimi hozirga qadar Liga talab qilgan ko‘rinishga keltirilgani yo‘q. Shundan kelib chiqib, klub faqatgina O‘zbekiston kubogi doirasidagi uy uchrashuvlarinigina mana shu maydonda qabul qila olmoqda.

Endilikda futbol maydoni holati yuzasidan ham xavotirlar mavjud. 2022 yilgi O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi Buxoro shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, uning arafasida Liga rahbariyati viloyat futboli uchun mas’ul shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazgan hamda maydon masalasida fikr almashgandi. Qo‘shimchasiga, stadion va maydonni rasmiy uchrashuvlarga qay tartibda tayyorlash kerakligi to‘liq ko‘rsatib berilgan, parvarish uchun mahalliy mutaxassislarni o‘qitish mavzusi ham kun tartibidan joy olgan.  

Shunga qaramay, o‘tgan davr davomida Buxorodagi futbol maydonlarini parvarish qilish uchun na mahalliy mutaxassis tayyorlandi va na boshqa mutaxassislar bilan ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, stadion parvarishi uchun Liga talab qilgan birorta texnika sotib olinmadi. Ayni vaqtda maydon maysasi uchun zarur bo‘lgan ozuqa ham mavjud emasligi, maydon parvarishi yetarli darajada amalga oshirilmayotganidan kelib chiqib, futbol akademiyasi maydonining holati ham kundan-kunga yomonlashib bormoqda.

Jazirama kunlar yaqinlashib kelayotgani, bu vaqtda maydon holatini ushlab turish yanada murakkab ko‘rinish olishidan kelib chiqib, Liga futbol maydoniga e’tiborni professional darajaga olib chiqishni tavsiya qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 09:04, 08.05.2025.
O'qildi: 1564 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.