Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Ander Errera: “Agar kimdir kambek qilsa, bu — aynan "Atletik" bo‘ladi”

Ander Errera: “Agar kimdir kambek qilsa, bu — aynan "Atletik" bo‘ladi”

Baho:
+ | -

Hozirda Argentinaning “Boka Xuniors” klubida to‘p tepayotgan Ander Errera Yevropa Ligasidagi sobiq jamoalari — “Atletik” Bilbao va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi javob o‘yini haqida fikr bildirdi.

Birinchi o‘yinda “Yunayted” 3:0 hisobida yirik g‘alaba qozongan. Ammo Errera, har ikki klubda to‘p tepgan sobiq yarim himoyachi sifatida, “Atletik”da vaziyatni to‘liq o‘zgartirish salohiyati borligini ta’kidladi.

“Eng avvalo, ularda yo‘qotadigan hech narsa yo‘q. Ular chempionatda ham, Yevropa musobaqalarida ham ajoyib mavsum o‘tkazishdi. Menimcha, hozir ularga hech kim ishonmayapti. Ana shunday paytda esa jamoa juda xavfli bo‘lishi mumkin”, — dedi Errera AS nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 23:24, 08.05.2025.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик