Kirish Ro'yxatdan o'tish

Postekoglu: "Murabbiylar va futbolchilar kelishadi va ketishadi, muxlislar esa qolishadi"

Postekoglu: "Murabbiylar va futbolchilar kelishadi va ketishadi, muxlislar esa qolishadi"

Baho:
+ | -

Yevropa Ligasi yarim final javob uchrashuvlaridan so‘ng Londonning “Tottenxem” jamoasi Norvegiyaga safar qilib, “Budyo-Glimt” ustidan yana bir bor ustunligini isbotladi — uchrashuv 2:0 hisobida angliyaliklar foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvdan so‘ng “Tottenxem” bosh murabbiyi Ange Postekoglu jamoasi bilan birga ushbu uzoq norveg shaharga kelgan muxlislarga samimiy minnatdorchilik izhor etdi:

“Biz bu yerdamiz — muxlislar uchun. Futbolning o‘zi ham muxlislar uchun. Murabbiylar va futbolchilar keladi-ketadi, ammo muxlislar klub bilan qoladi. Bugun biz bilan to‘rt yuz nafar ishqiboz bor edi, yana qanchalari uyda o‘tirib, o‘yinni televizor orqali kuzatishdi. Umid qilamanki, biz ularga xursandchilik ulashdik,” – deya murabbiy so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Kiritildi: 11:31, 09.05.2025.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик