Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston korporativ sport assosiasiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston korporativ sport assosiasiyasi tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Tadbirkorlik sub’ektlarini sportga jalb qilish va ular o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilishini tizimli tarzda yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston korporativ sport assosiasiyasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sport tashkilotlari rahbarlari hamda 200 dan ortiq tadbirkorlar ishtirokida assosiasiyasini tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov assosiasiya raisi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev raisning birinchi o‘rinbosari etib saylandi.

Shuningdek, turli sport turlari bo‘yicha assosiasiya Boshqaruv kengashi a’zolari sifatida quyidagi yirik tadbirkorlar belgilandi:

Bekzod Mamatqulov — futbol va futzal;
Zafar Hoshimov — basketbol;
Bahodir Abdullayev — stol tennisi;
Murod Nazarov — yengil atletika.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:21, 09.05.2025.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.