Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Alvaresning agenti «Barselona»ga o‘tish harakatlarini boshladi

Alvaresning agenti «Barselona»ga o‘tish harakatlarini boshladi

Baho:
+2 | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares, ko‘plab mish-mishlarga qaraganda, kelayotgan yozda «Barselona»ga o‘tish niyatida. Markaziy hujumchi pozisiyasini kuchaytirish — «ko‘k-anorranglilar»ning transfer bozoridagi asosiy vazifasi bo‘lib turibdi va 26 yoshli argentinalik futbolchi bu o‘rin uchun eng ma’qul nomzod bo‘lib qolmoqda.

RAC1 ma’lumotlariga ko‘ra, «matraschilar» yulduzining agenti allaqachon mijozining «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha ish boshlagan. Biroq, klublar o‘rtasida kelishuvga erishishdan hali ancha yiroq — madridliklarning talabi haddan tashqari yuqori. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Xulian Alvaresning bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda. Futbolchining «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:42, 29.04.2026.
O'qildi: 4279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик