Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Shohmalik Komilov: “Bo‘lajak o‘yinning kurashlarga boy tarzda kechishi ehtimoli yuqori”

Shohmalik Komilov: “Bo‘lajak o‘yinning kurashlarga boy tarzda kechishi ehtimoli yuqori”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 9-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Xorazm” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 25 yoshli yarim himoyachisi Shohmalik Komilov bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bo‘lajak raqibimiz “Xorazm” garchi uzoq yillik tanaffusdan so‘ng, Superligaga qaytgan bo‘lsada, joriy mavsumda yaxshi o‘yin namoyish etib, yetakchi jamoalardan ham ochko olishga intilmoqda. Albatta, urganchliklar jamoamizga ham munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishadi. Bu esa bo‘lajak uchrashuvning keskin kurashlar ostida, shiddatli, tomoshabop o‘tishini ta’minlaydi, degan umiddaman. Bir so‘z bilan aytganda, bo‘lajak o‘yinning kurashlarga boy tarzda kechishi ehtimoli yuqori.   

Urganchliklar bilan bo‘ladigan bellashuvda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, muxlislarga quvonch ulashish, zafar quchish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.
Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.

Biz esa ularning ishonchlarini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlari uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz, - dedi Shohmalik Komilov.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 13:12, 10.05.2025.
O'qildi: 581 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик