Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

“MYU” o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi

“MYU” o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

Fransiyaning "Lill" klubi sharafini himoya qilayotgan Anxel Gomes yana sobiq klubi "Manchester Yunayted" e’tiboriga tushdi.

Caught Offside nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" shu paytgacha futbolchi uchun kurashda favorit hisoblangan "Tottenxem"ning faol qiziqishlariga qaramay, 24 yoshli tarbiyalanuvchisini jamoaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Gomes 2020 yilda o‘yin amaliyoti izlab "Yunayted"ni tark etgan va bir necha mavsum davomida "Lill"ning asosiy tarkibida mustahkam o‘rnashib olishga muvaffaq bo‘lgan. U joriy mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Uning fransuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Gomesning bozor narxi 20 million yevro atrofida.

Kiritildi: 13:32, 10.05.2025.
O'qildi: 1807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик