Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ronaldu va "An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionati g‘olibligi imkoniyatini yo‘qotdi

Ronaldu va "An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionati g‘olibligi imkoniyatini yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu yana Saudiya Arabistoni chempioni bo‘la olmadi.

Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Al-Ittihod" kecha 31-turda "Al-Feyha"ni yirik hisobda mag‘lub etdi (3:0) va portugaliyalik futbolchi to‘p tepayotgan "An-Nasr"ni 14 ochkoga ortda qoldirdi. Ar-Riyod klubi zaxirasida hali bir o‘yin borligiga qaramay, chempionlik uchun imkoniyatlar allaqachon boy berilgan.

Bu "An-Nasr"ning Ronaldu bilan shartnoma imzolaganidan beri mag‘lubiyatga uchragan o‘n birinchi turniridir. Jamoa ikki yarim yil ichida na Saudiya Arabistoni chempionatida, na Osiyo Chempionlar ligasida, na Qirol kubogida va na Superkubokda g‘alaba qozona oldi.

Krishtianu transferidan keyin "An-Nasr" bitta musobaqada - o‘rtoqlik turniri hisoblangan Arab chempionlari kubogida g‘olib chiqdi. Bu vaqt ichida jamoa bilan Rudi Garsiya, Luish Kashtru, Stefano Pioli kabi mutaxassislar ishladi.

Kiritildi: 04:07, 12.05.2025.
O'qildi: 1848 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик