Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Anchelotti Neymar va Kazemironi terma jamoaga qaytarmoqchi

Anchelotti Neymar va Kazemironi terma jamoaga qaytarmoqchi

Baho:
+-1 | -

Neymar va Kazemiro Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi Braziliya terma jamoasiga qaytishlari mumkin.

Bugun Braziliya futbol konfederasiyasi italiyalik mutaxassisning terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.

Globo Esporte nashri xabariga ko‘ra, Anchelotti Neymar bilan norasmiy suhbat o‘tkazgan va unda "Santos" forvardi bo‘lajak jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi uchun muhim bo‘lishini aytgan. Shu bilan birga, murabbiy Neymarga hech qanday va’da bermadi, faqat braziliyalik futbolchining terma jamoa borasidagi rejalari haqida ma’lumot oldi.

Qayd etilishicha, Anchelotti avvalroq "Real"da birga ishlagan Kazemiro bilan ham muloqot qilgan. Mutaxassis "Manchester Yunayted" yarim himoyachisiga terma jamoa yetakchilaridan biri sifatida ishonish istagini bildirdi.

Anchelotti, shuningdek, "Betis" vingeri Antoni, "Monako" himoyachisi Kayo Enrike va "Lill" futbolchisi Alessandro haqida ma’lumot so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar va Kazemiro 2023 yil oktyabr oyidan beri Braziliya terma jamoasida o‘ynamaydilar. Anchelotti terma jamoa bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtiriladigan kuni, 26 may kuni, Ekvador va Paragvayga qarshi JCH-2026 saralashi uchun o‘z tarkibini e’lon qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 22:56, 12.05.2025.
O'qildi: 3090 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик