Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Atletiko" hujumchisi bo‘yicha qaror qabul qildi

"Atletiko" hujumchisi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Anxel Korrea boshqa klubga o‘tishga yaqin turibdi.

Argentinalik futbolchini sotib olishga Meksikaning "Tigres" klubi qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Fabrisio Romanoning Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, tomonlar 30 yoshli futbolchining transferini 6 mln yevroga og‘zaki kelishib olishgan. Agar hech qanday kutilmagan hodisa yuz bermasa, hujjatlar tez orada imzolanadi.

Anxel Korreaning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga yetadi. Hujumchi 2015 yilning yanvarida "matraschilar" safiga qo‘shilgandi. Futbolchi barcha musobaqalarda Diyego Simeone jamoasi safida 463 ta o‘yinda jami 87 ta gol urgan va 65 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 07:26, 14.05.2025.
O'qildi: 491 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик