Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

"MYU" mavsum yakuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali kechki ziyofatdan voz kechdi

"MYU" mavsum yakuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali kechki ziyofatdan voz kechdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" ketma-ket ikkinchi marta mavsum yakunlanishi munosabati bilan tantanali kechki ovqat qilmaydi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.

"Qizil iblislar" bunday tantanali marosimni ketma-ket ikkinchi marta o‘tkazmaydilar. Buning o‘rniga, rasmiy kechki ovqat paytida topshirilishi kerak bo‘lgan individual mukofotlar mavsumning so‘nggi o‘yini oldidan futbolchilarga topshiriladi. Mankunianliklar 25 may kuni Angliya Premyer-ligasining 38-turi doirasida "Aston Villa"ga qarshi bahs olib boradi.

Klubning fikricha, jamoaning hozirgi natijalari bilan bunday tadbirlarni tashkil etish ortiqcha, muxlislar va xodimlar buni noto‘g‘ri talqin qilishlari mumkin. Xarajatlarni qisqartirish siyosati "MYU"ning xatti-harakatlariga ham ta’sir qiladi. Bundan tashqari, joriy mavsum yakunlanishi bilan "qizil iblislar"ning mavsumdan keyingi turnesi boshlanadi.

Angliya chempionatining joriy mavsumida "Manchester Yunayted" 16-o‘rinda bormoqda, jamoa Yevropa Ligasi finalida "Tottenxem" bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 08:31, 14.05.2025.
O'qildi: 559 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.