Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xarri Keyn chempionlik kubogini klub muzeyiga qo‘ydi (foto)

Xarri Keyn chempionlik kubogini klub muzeyiga qo‘ydi (foto)

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Myunxen jamoasining klub muzeyiga tashrif buyurdi va Germaniya chempioni 2024/2025 yilgi kubogi "Kumush salat idishi"ni taqdim etdi.

"Bugun muzeyda bo‘lish va bu kubokni hamma ko‘rishi uchun ko‘rgazmaga qo‘yishdan juda baxtiyorman!" — deb yozdi Keyn X ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar muddatdan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Taqdirlash marosimi 10 may, shanba kuni Bundesliganing 33-turidan o‘rin olgan Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasiga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish kerakki, 31 yoshli hujumchi uchun Germaniya chempionligi unvoni uning professional faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.

Kiritildi: 22:53, 14.05.2025.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик