Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Kristal Pelas" o‘z tarixidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi

"Kristal Pelas" o‘z tarixidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Angliya futbolida Angliya kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda "Kristal Pelas" "Manchester Siti"ni minimal ustunlik bilan mag‘lub etdi va kubokni qo‘lga kiritdi. Bu kamtarona London klubi tarixidagi birinchi sovrin bo‘lib, u shu paytgacha faqat bir marta - 1990 yilda bunday imkoniyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘shanda klub finalda "Manchester Yunayted"ga yutqazgandi.

"Kristal Pelas" 2013 yildan beri tarixdagi ilk sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi ingliz klubidir. O‘shanda, 2013 yilda buni "Uigan" uddalagandi.

Kelasi mavsumda "Kristal Pelas" Yevropa Ligasida o‘ynaydi.

Kiritildi: 06:25, 18.05.2025.
O'qildi: 858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик