Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbekistonda ayollar futbolini rivojlantirish bo‘yicha 2025–2029 yillarga mo‘ljallangan strategiya taqdim etildi

O‘zbekistonda ayollar futbolini rivojlantirish bo‘yicha 2025–2029 yillarga mo‘ljallangan strategiya taqdim etildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2025–2029 yillar uchun mo‘ljallangan ayollar futbolini rivojlantirish strategiyasining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘FA rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida ayollar futboli yo‘nalishida amalga oshiriladigan asosiy strategik maqsad va yo‘nalishlar, jumladan, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, futbol infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro musobaqalardagi ishtirok, hamda ommaviylikni oshirish bo‘yicha rejalar e’lon qilindi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov o‘z nutqida ushbu strategiyaning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi:

“Ayollar futbolini rivojlantirish O‘FA faoliyatidagi eng muhim yo‘nalishlardan biridir. 2029 yilda mamlakatimiz mezbonlik qiladigan ayollar Osiyo kubogiga munosib tayyorgarlik ko‘rish va ushbu davr mobaynida sohani har tomonlama isloh etish maqsadida strategik reja ishlab chiqildi. Avvallari assotsiatsiyada Ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi mavjud bo‘lmagan, sohada lider ayollarni ko‘paytirish maqsadida Yuliya Panina, Maftuna Zakirova singari o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan mutaxassislar bilan birga ishladik. Ular o‘tgan vaqt davomida ayollar futboli bo‘yicha xalqaro musobaqalar, hakamlik va murabbiylik sohalarida FIFA va OFK bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirishdi.

Quvonarli tomoni shundaki, so‘nggi yillarda ayol komissarlarimiz soni ortmoqda. Xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, o‘z tajribalarini boyitib kelishmoqda. Ayollar futboli bo‘limi mutaxassislari esa har qanday turnirni yuqori saviyada tashkil etish imkoniyatiga ega”, dedi O‘FA birinchi vise-prezidenti.

Mazkur strategiya asosida kelgusi besh yillikda ayollar futbolining turli bosqichlarda rivojlanishini ta’minlash, xususan, klublar futboli darajasini oshirish, sport maktablari, akademiyalar va boshqa tashkilotlar orqali ommaviy futbolda qizlar va ayollarning ishtirokini kengaytirish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda sportchilarimizni yirik musobaqalarga puxta tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 22:16, 20.05.2025.
O'qildi: 1224 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик