Kirish Ro'yxatdan o'tish

Niderlandiya chempioni APLga ko‘chib o‘tadi

Niderlandiya chempioni APLga ko‘chib o‘tadi

Baho:
+ | -

PSV himoyachisi Olivye Boskali "Brayton"ga o‘tmoqda.

"Chaykalar" fransiyalik 27 yoshli markaziy himoyachini erkin agent sifatida transfer qilishga kelishib oldi.

Olivye 1 iyul kuni PSV bilan shartnoma muddati tugagach, APL klubiga o‘tadi. "Brayton" o‘tgan yozda uni o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, ammo kelishuvga erisha olmagan edi.

Boskali 2019 yildan beri PSV sharafini himoya qilmoqda. U klub bilan 6 ta sovrinni qo‘lga kiritgan - ikki martadan Niderlandiya chempionati, kubogi va superkubogi.

Bu mavsumda futbolchi Erediviziyada 30 ta o‘yinda 1 ta gol urdi, 6ta golga assistentlik qildi va 2 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 22:35, 20.05.2025.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик