Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" Dyokeresh transferi ustida ishlamoqda, "PSJ" transferdan voz kechdi

"MYU" Dyokeresh transferi ustida ishlamoqda, "PSJ" transferdan voz kechdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokereshni sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan, deya xabar bermoqda L'Equipe.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar rahbariyati bir necha haftadan buyon 26 yoshli shvesiyalik futbolchining transferi ustida ishlamoqda. "PSJ" hujumchi transferidan voz kechdi, chunki parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike markaziy hujumchi pozisiyasini kuchaytirishni istamayapti.

Avvalroq, "Arsenal" Dyekeresh transferi bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Dyokereshning "Sporting" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 53 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 04:46, 21.05.2025.
O'qildi: 732 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик