Chorshanba oqshomida "Barselona" Xans-Diter Flik bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Tomonlar kelishuvni yana bir yilga - 2027 yil yozigacha uzaytirdi. Flik bilan yangi bitim imzolanganidan so‘ng, kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
"Xansi, dunyodagi eng yaxshi klub - "Barsa" tarixini yaratishda davom etayotganing uchun rahmat. "Barsa" muxlislari seni yaxshi ko‘rishadi va ishonamizki, sen futbolchilarimizni g‘alaba sari yetaklashda davom etasan!" - deb yozadi Laporta.













