Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Betis" klub logotipida muhim o‘zgarishni amalga oshirmoqchi

"Betis" klub logotipida muhim o‘zgarishni amalga oshirmoqchi

Baho:
+ | -

2025 yilda ramzlar bilan bog‘liq qiziq holatlar kuzatilmoqda.

Emblemasida qush tasvirlangan yoki laqabi qushlar bilan bog‘liq bo‘lgan ingliz jamoalarigina kuboklarni yutmoqda.

Kuboklarni “Liverpul” (APL), “Kristal Pelas” (Angliya kubogi), “Nyukasl” (Liga kubogi) va “Tottenxem” (Evropa ligasi) klublari qo‘lga kiritishgan. "Chelsi"ning qushlar bilan aloqasi yo‘q va agar yuqoridagi holat davom etsa, londonliklar Konferensiyalar ligasi finalida "Betis"ga yutqazishi kerak.

Shu bilan birga, Ispaniya jamoasi muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini yanada oshirishga qaror qildi.

"Betis" hazillashgan holda ijtimoiy tarmoqqa klub logotipi markazida qush o‘rnatilgan yangilangan emblemani joylashtirdi.

Kiritildi: 19:40, 22.05.2025.
O'qildi: 792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик