Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vinisius va "Real" maosh borasida bir to‘xtamga kelishdi

Vinisius va "Real" maosh borasida bir to‘xtamga kelishdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi asosiy yetakchilaridan biri - Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirdi.

Sport.es nashri ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi bilan yangi kelishuv 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning moliyaviy shartlari klubni belgilangan 15 mln yevrolik maosh chegarasidan chiqarib yuborgan. Endi 24 yoshli hujumchi yiliga 20 mln yevrodan ko‘proq maosh oladi, ammo 30 mln yevrodan oshmaydi, bu esa uni Kilian Mbappe bilan birga "qaymoqranglilar"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi.

Bunday qaror oqibatlarga olib kelishi mumkin: manbaga ko‘ra, "Real" domino effektiga duch kelishi mumkin - klubning boshqa yulduzlari Vinisiusning daromad darajasiga tayanib, o‘z shartnomalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin. Shu munosabat bilan madridliklar rahbariyatida maosh siyosatini o‘zgartirish masalasi muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vinisiusning avvalgi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan edi.

Kiritildi: 13:19, 24.05.2025.
O'qildi: 1146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик