Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Zabihillo O‘rinboyev: “G‘alabali seriyamizni davom ettirish niyatidamiz”

Zabihillo O‘rinboyev: “G‘alabali seriyamizni davom ettirish niyatidamiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 11-turidan o‘rin olgan  “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 30 yoshli tajribali hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Garchi bo‘lajak raqibimiz ikki yillik tanaffusdan so‘ng, Superligaga qaytgan bo‘lsada, joriy mavsum o‘yinlarini yaxshi o‘tkazib, yetakchi jamoalarga munosib qarshilik ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, mazkur uchrashuv “vodiy derbisi” maqomiga ega. Derbi bellashuvlari esa barchaga ma’lum, doimo shiddatli, tomoshabop, keskin kurashlarga boy tarzda kechadi. Albatta, bo‘lajak uchrashuv ham bundan mustasno bo‘lmaydi.

Jamoamiz so‘nggi o‘yinlarda ijobiy natijalarni qayd etib, muxlislarni xursand etmoqda. Ushbu uchrashuvda ham zafar quchib, g‘alabali seriyamizni davom ettirish, ishqibozlarga quvonch ulashishni niyat qilganmiz.

Bo‘lajak o‘yinda muxlislarni stadionda kutamiz va Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib, birgalikda bayram qilamiz, - dedi Zabihillo O‘rinboyev.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:46, 25.05.2025.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик