Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

Teo Ernandes Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin

Teo Ernandes Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Fransiyalik himoyachi Teo Ernandesning kelajagi haqida mish-mishlar ko‘p, ammo bu "Milan" bilan shartnomani uzaytirish bilan bog‘liq emas. Katta ehtimol bilan u klubni tark etadi, Teoning ehtimoliy manzillari orasida Saudiya Arabistoni ham tez-tez tilga olinmoqda. Xususan, unga "Al-Hilol" qiziqish bildirmoqda. Biroq Teoning o‘zi hozircha faqat "Milan" haqida gapiradi.

"Biz o‘z maqsadlarimizga erisha olmagan juda qiyin mavsum yakunlandi. Hozir tiklanib, jamoani kerakli joyga qaytarish kerak. Qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat," - deya Ernandesning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Italiya A Seriyasining yakunlangan mavsumini "Milan" faqatgina sakkizinchi o‘rinda yakunladi.

Kiritildi: 04:49, 27.05.2025.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик