Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Tailandlik 105 yoshli sportchi musobaqalarda 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tailandlik 105 yoshli sportchi musobaqalarda 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Tailand sharafini himoya qilgan 105 yoshli sportchi Savang Janpram Tayvanda bo‘lib o‘tgan Butunjahon veteranlar o‘yinlarida (World Masters Games) to‘rtta oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb yozadi People.

U musobaqalarda eng keksa sportchi bo‘lib, “100 dan oshganlar” toifasida yagona ishtirokchi edi. Ya’ni u tegishli toifada bosh sovrinni olish uchun faqatgina finishgacha yetib borishi kerak edi. Janpram nayza va disk uloqtirish, 100 metrga yugurish va tosh otish musobaqalarida ham qatnashdi.

Umuman olganda, Janpramning Jahon veteranlar o‘yinlarida 60 ta medali bor. Chempion g‘alabani 73 yoshli qizi Siripan bilan birga nishonladi — u ham musobaqada qatnashib, uchta medalni qo‘lga kiritdi.

Janpram avval maktab direktori bo‘lgan. U nafaqaga chiqqanidan so‘ng, 80 yoshga kirganida sportga qiziqa boshlagan, musobaqalarga esa 90 yoshdan keyin qatnasha boshlagan.

“U 80 yoshga to‘lganida, ko‘plab do‘stlari kasallik tufayli to‘shakka mixlanib qolganini ko‘rdi va shundan so‘ng yengil atletika bilan shug‘ullanishni boshladi”, deyiladi maqolada.

Hozirda 105 yoshli sportchi haftasiga 3-4 marta yugurishga chiqadi va har kuni uyining atrofida sayr qiladi.

Butunjahon veteranlar o‘yinlari har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro musobaqadir. Tanlovda 30 yoshdan oshgan shaxslar ishtirok etishi mumkin. O‘yinlarning maqsadi o‘rta va keksa yoshdagi sportchilarni o‘z karyerasini davom ettirishga va salomatligi bilan shug‘ullanishga undashdan iborat.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:10, 27.05.2025.
O'qildi: 1392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.