Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Maksim Shaskix: "Tushunarsiz penalti evaziga gol o‘tkazib yubordik"

Maksim Shaskix: "Tushunarsiz penalti evaziga gol o‘tkazib yubordik"

Baho:
+ | -

Superkubok o‘yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "Andijon" bosh murabbiyi Maksim Shaskix o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Uchrashuv biz kutgan darajada o‘tdi. O‘yindan keyin yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni aytdim. Hammasi men aytgan vazifani bajarishdi. Afsuski, o‘yin biz xohlagandek yakunlanmadi. Lekin xohish va ishtiyoq bilan o‘ynadik. Futbolchilarimizda sportchilarga xos azartni ko‘rdim. Bu albatta meni xursand qilmasdan qolmaydi. Bu kabi uchrashuvlardan keyin biz albatta yana o‘sishda davom etamiz. Albatta, yutishni istagandik. Biroq tushunarsiz penalti evaziga gol o‘tkazib yubordik. O‘ylaymanki, muxlislarimiz ham o‘yindan qoniqish hosil qildilar. Endi chempionatimizda tanaffus bo‘ladi. Biz FIFA kunlaridan foydalanib yig‘in tashkil qilamiz. Ikki haftadan so‘ng biz yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz.

Uchrashuvdan avval futbolchilarga chiroyli o‘yin uchun yana nima kerakligini aytdim. Xuddi inglizcha futbol ob-havosi bo‘ldi. Yomg‘ir yog‘di, maydon ajoyib, stadion muxlislar bilan zo‘r atmosfera yuzaga keldi. Super atmosfera. Biz raqibga hech bir jabhada yutqazganimiz yo‘q.

Pozision hujum qilishda bizda muammo ko‘rmadim. Shunchaki, qisqa paslar bilan o‘ynaganimizda qarshi hujumlarni o‘tkazib yuborayotgandik. Qisqa paslarda ular bizga pressing qilganida biz uzunroq paslar bilan o‘ynashga majbur bo‘ldik. Aytishim mumkinki, biz “Nasaf”dan qo‘rqmadik. Himoyadan hujumga chiqishda hatto mashg‘ulotlarda unchalik ko‘p ishlamadik. Bu borada muammo ko‘rmadim. Faqat bizda muammo shu ediki, himoyadan qisqa paslar bilan chiqayotganimizda qarshi hujumlarni o‘tkazib yuborishdan cho‘chidik. Ular pressing qilayotganida uzunroq paslar bilan o‘ynashga majbur bo‘ldik. Shaxsan men uzun paslarni unchalik xush ko‘rmayman. Mening uslubim bunday emas. Keyinchalik yana shunaqa savollar bo‘lsa, keyingi o‘yinlarda ko‘rasiz va yana batafsilroq javob beraman.

Muxlislarning shovqini har doim jamoaga ijobiy ta’sir qiladi. Bu bizga qo‘shimcha kuch beradi. Shu o‘rinda jamoamiz muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Uzoq yo‘l bosib bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Keyingi uchrashuvlarda ularni yanada xursand qilishga harakat qilamiz. 

O‘yinchilarimizni harakatlaridan qoniqdim. Asosiy maqsadimiz ligadagi o‘yinlarda barqarorlikka erishish. Oldimizda OCHL musobaqasi ham turibdi va unda munosib qatnashishimiz kerak. Yozda tarkibni biroz kuchaytirishimiz lozim" - dedi Shaskix.

Kiritildi: 10:56, 28.05.2025.
O'qildi: 1714 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.