Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

"Betis" va "Chelsi" o‘rtasida Konferensiyalar ligasi finali oldidan ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

"Betis" va "Chelsi" o‘rtasida Konferensiyalar ligasi finali oldidan ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Baho:
+ | -2

27 may oqshomida Vroslavda Ispaniyaning "Betis" va Angliyaning "Chelsi" klublari muxlislari o‘rtasida jiddiy mojaro kelib chiqdi.

Ispaniyaning Estadio Deportivo nashri xabariga ko‘ra, voqea Konferensiyalar ligasi finali arafasida sodir bo‘lgan. Nashr etilgan videoda har ikki jamoa muxlislari yaqin atrofdagi restorandan shisha, stakan va hatto stul uloqtirgani aks etgan. Buning ortidan ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Voqea joyiga tezda yetib kelgan polisiya xodimlari mojaroni tarqatib yuborish va to‘qnashuvning eng faol ishtirokchilarini qo‘lga olish uchun ko‘zdan yosh chiqaradigan gazdan foydalanishga majbur bo‘ldi.

Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklar bir joyda cheklanib qolmagan va Vroslavning turli hududlarida davom etgan va bu final o‘yini oldidan jamoat tartibiga jiddiy xavf tug‘dirgan.

Bugun, 28 may kuni Konferensiyalar ligasi finalida “Betis” va “Chelsi” to‘qnash keladi. O‘yin “Tarchinski Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Kiritildi: 11:49, 28.05.2025.
O'qildi: 1715 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.