Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti" safida o‘yinga tushmasligining sababi nima?

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti" safida o‘yinga tushmasligining sababi nima?

Baho:
+-2 | -

Ba’zi manbalarga ko‘ra, “Manchester Siti” va Fransiyaning “Lans” klubi o‘rtasidagi transfer shartnomasida maxsus band mavjud. Bu bandga ko‘ra, agar Xusanov joriy mavsumda “Manchester Siti” safida 10 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushsa, ingliz klubi “Lans”ga qo‘shimcha 5 million yevro miqdorida bonus to‘lashi lozim bo‘ladi.

Shu bois, moliyaviy majburiyatdan qochish maqsadida “Manchester Siti” rahbariyati Xusanovni ataylab faqat 9 ta o‘yinda maydonga tushirib, 10-o‘yinni o‘tkazmaslikka qaror qilgan.

Mehnat kodeksining 503-moddasiga asosan, sportchining mehnat vazifasi ikki qismdan iborat:

1) Sport musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish;

2) Muayyan turdagi yoki sport turlari bo‘yicha sport musobaqalarida ishtirok etish.

UEFA va FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchining sport faoliyatiga sun’iy to‘siq qo‘yish, agar bu noto‘g‘ri shartnoma bandlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, sport huquqlari buzilishi deb hisoblanishi mumkin.

Sportchilar mehnat munosabatlari umumiy Mehnat huquqi doirasida shakllansa-da, ularning faoliyati ko‘plab o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani sababli, bu soha ko‘proq Sport huquqi orqali tartibga solinadi. Ya’ni, sportchilarning mehnat huquqlari klassik mehnat huquqidan farqli ravishda, ko‘p hollarda sportga oid maxsus qonunlar, federasiyalar nizomlari, xalqaro normalar va klublararo shartnomalar bilan belgilanadi.

Manba: @mehnathuquqi
Kiritildi: 22:37, 29.05.2025.
O'qildi: 9529 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик