Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

“PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

“PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+-1 | -

Fransiyaning “PSJ” klubi UEFA Chempionlar Ligasi finalida erishgan yirik gʻalabasi evaziga 25 million yevro mukofot puli qoʻlga kiritdi. Parijliklar turnirdagi umumiy ishtiroki uchun esa jami 146 million yevro daromad oldi.

Turnir davomida klublar oʻz natijalariga qarab UEFA tomonidan belgilangan mukofot pullarini qoʻlga kiritishdi. Mukofotlar quyidagicha taqsimlangan:

* guruh bosqichidagi har bir gʻalaba uchun — 2,1 million yevro
* har bir durang uchun — 700 ming yevro
* 1/8 finalga chiqish — 12,5 million yevro
* chorak final — 15 million yevro
* yarim final — 18,5 million yevro
* finaldagi gʻalaba — 25 million yevro

Bundan tashqari, klublar UEFA tomonidan ajratiladigan marketing daromadlari va translyatsiya huquqlaridan ham foyda koʻradi.

Finalda “PSJ”ga 5:0 hisobida yirik magʻlubiyatga uchragan “Inter” esa turnirdagi ishtiroki uchun jami 136,6 million yevro ishlab topdi. Ushbu summaga finalga chiqqani uchun olingan 15 million yevro va oldingi bosqichlardagi barcha mukofot pullari kiradi.

“Arsenal” YECHL ortidan eng koʻp daromad qilgan 3-jamoaga aylandi. Londonliklar turnirdagi ishtiroki evaziga 117 million yevro qoʻlga kiritgan.

Shuningdek, “PSJ” UEFA Superkubogi doirasida Londonda boʻlib oʻtadigan bahsda ishtirok etadi va bu oʻyin uchun yana 4 million yevro mukofot puli oladi.

Eslatib oʻtamiz, Chempionlar Ligasi finali kecha, 31 may kuni Myunxen shahridagi “Allianz Arena” stadionida boʻlib oʻtdi. Unda “PSJ” “Inter”ni 5:0 hisobida magʻlub etdi. Bu Parij klubi tarixidagi ilk Chempionlar Ligasi kubogi hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:46, 01.06.2025.
O'qildi: 6922 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик