"Atletiko" jamoa sardori Koke bilan shartnomani uzaytirdi.
33 yoshli ispaniyalikning yangi shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. O‘yinchining shartnomasi shartlariga ko‘ra, agar tomonlar rozi bo‘lsa, har mavsum oxirida shartnoma uzaytiriladi.

Koke "Atletiko" sardori va o‘yinlar soni bo‘yicha klub rekordchisi (681) hisoblanadi.













