Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Yamal «Oltin to‘p» uchun kurashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yin haqida gapirdi

Yamal «Oltin to‘p» uchun kurashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yin haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yarimhimoyachisi Lamin Yamal Millatlar Ligasi yarim finalida Ispaniya hamda Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin arafasida yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» sovrini haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchiga ko‘ra, ushbu mukofot uchun asosiy raqobatchilardan biri fransuz hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

— Siz kim uchun ovoz berasiz: mavsumning eng yaxshi futbolchisigami yoki payshanba kuni g‘alaba qozonadigan jamoa o‘yinchisigami?
— Menimcha, Dembele yil davomidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi, lekin har kimning bu borada o‘z qarashi bor. Payshanba kuni g‘alaba qozonishimizga ishonaman. Biroq kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, men yilning eng yaxshi futbolchisiga ovoz beraman.

Agar payshanba kuni biz — men va Dembele xohlagandek bo‘lmasa, unda kimga ovoz berasiz? Yakshanba kuni (finalda) o‘ynaydigan futbolchigami? Menimcha, «Oltin to‘p» yilning eng yaxshi futbolchisiga berilishi kerak. Agar odamlar hammasini payshanba kungi o‘yinga bog‘lab qo‘ymoqchi bo‘lsa, shunday bo‘la qolsin, — deya Yamalning so‘zlarini keltirmoqda ESPN.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi o‘yin ertaga bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 00:00 da boshlanadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:45, 04.06.2025.
O'qildi: 5269 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.