Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransiyada 14 yoshli futbolchi vafot etdi

Fransiyada 14 yoshli futbolchi vafot etdi

Baho:
+ | -

14 yoshli futbolchi Fransiyaning Merinyak shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar turnirida raqib bilan to‘qnashuvdan keyin olgan jarohatlari natijasida vafot etdi.

Bu haqda Sud Ouest gazetasi xabar berdi.

Voqea 1 iyun, yakshanba kuni sodir bo‘lgan.

Ilann ismli o‘smir raqibi bilan to‘qnashib ketganidan keyin ko‘krak qafasidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan va hushini yo‘qotgan. U zudlik bilan Bordo universiteti kasalxonasiga yetkazilgan, u yerda yigit komaga tushib, yurak huruji natijasida jon bergan.

Kasalxonada futbolchi jigaridan ichki qon ketishi tufayli bir necha marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi, ammo oxir-oqibat shifokorlar yosh bemorning hayotini saqlab qola olmadi va u ikki kundan keyin vafot etdi.

Kiritildi: 16:00, 04.06.2025.
O'qildi: 839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик