Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Hind shaxmatchisi bilan durang o‘ynagan Yoqubboyev Daniya vakiliga qarshi dona suradi

Hind shaxmatchisi bilan durang o‘ynagan Yoqubboyev Daniya vakiliga qarshi dona suradi

Baho:
+ | -

Armanistonning Jermuk shahrida o‘tayotgan “Stepan Avagyan Memorial-2025” turnirining ortda qolgan 6-turida 4 ta juftlik o‘yinlari durang bilan yakunlangan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda g‘alaba qayd etildi.

Mazkur turda qora donalarda hindistonlik Aravind Chitambaramga qarshi harakatlangan Yoqubboyev g‘alabaga teng durangga erishdi.

O‘yinning 10-yurish holatida tomonlar murosa yo‘lini tanladi. Ushbu natija orqali hamyurtimiz ochkolari sonini 2,5 taga yetkazib olgan bo‘lsa, Aravind Chitambaramning ochkosi 4 tani tashkil etdi. Ushbu turda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa oq donalarda Gledura Benyaminni yengib, 4 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga peshqadamlikka ega chiqdi.

Bugun, 4 iyun kuni tashkil etiladigan 7-tur uchrashuvlarida shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyev oq donalarda daniyalik Yonas Bul Byerre bilan, turnir peshqadami Rameshbabu Praggnanandxa qora donalarda armanistonlik Aram Hakobyan bilan kuch sinashadi.

Mukofot jamg‘armasi 19 ming 200 AQSH dollaridan iborat turnir 9 ta turdan iborat bo‘lib, musobaqalar 6 iyunga qadar davom etadi.

Kiritildi: 16:03, 04.06.2025.
O'qildi: 711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик