Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Osimxen yiliga 40 million yevro maoshga rozi bo‘ldi

Osimxen yiliga 40 million yevro maoshga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -2

Hujumchi Viktor Osimxen yaqin kelajakda “Al-Hilol” futbolchisiga aylanishi mumkin. Jurnalist Rudi Galettining ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Osimxen har tomonlama o‘rganib chiqqach, "Al-Hilol"ning mavsumiga 40 million yevro maosh bilan so‘nggi taklifiga rozi bo‘ldi.

Qayd etilishicha, shu kungacha “Al-Hilol” va “Napoli” o‘rtasida kelishuv yo‘q, biroq Saudiya Arabistoni vakillari bu yo‘nalishda faol ishlamoqda.

Xabaringiz bor, 2024/2025 yilgi mavsumda Osimxen “Galatasaroy” safida ijara asosida o‘ynagan. Nigeriyalik futbolchi turk klubi safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va jamoadoshlari safida 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:21, 07.06.2025.
O'qildi: 5470 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик