Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

JCH-2026 saralash. O‘zbekiston - Qatar o‘yini Namangandagi «Markaziy» stadion monitorida namoyish etiladi

JCH-2026 saralash. O‘zbekiston - Qatar o‘yini Namangandagi «Markaziy» stadion monitorida namoyish etiladi

Baho:
+ | -

Barchaga yaxshi ma’lum, Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasini hal qildi. Terma jamoamiz mundial yo‘lida saralash bosqichi doirasidagi so‘ngi tur bahslardan birini 10 iyun kuni Toshkentda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 2026 yilgi mundial chiptasini qo‘lga kiritgan terma jamoamiz yurtimiz futbolida yangi sahifa ochishga erishdi.

Shu munosabat bilan mamlakatimiz aholisining futbol, ayniqsa, terma jamoamizning o‘yiniga bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda, respublikamiz bo‘ylab so‘ngi tur o‘yini oldidan yurtimizning barcha hududlarida katta bayram tashkil etilib, joylardagi ahamiyatga molik nuqtalarda o‘yindan jonli translasiyasilar yo‘lga qo‘yilmoqda. Shundan kelib chiqib, Namangan viloyati aholisi uchun «Navbahor» uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Markaziy» stadionda ham monitor tashkil etiladi.

O‘yingohga kirish bepul. Siz ham 10 iyun sanasida «Markaziy» stadionga tashrif buyurib, terma jamoamizning o‘yinidan bahramand bo‘ling hamda tarixiy g‘alabani tantana qiling, aziz muxlislar!

O‘yin 10 iyun kuni soat 18:45 da start oladi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:01, 08.06.2025.
O'qildi: 3107 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.